Farg‘onada 1 haftalik kelin sepini MIB orqali qaytarib oldi

3-sahifa

image

Joriy yilning avgust oyida Farg‘ona viloyatida qurilgan nikoh to‘ydan 1 hafta o‘tib, kelishmovchilik oqibatida buzilgan. Kelin kuyovdan sepini qaytarishni talab qilib, sudga murojaat qilgan. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, to‘ydan keyin kuyov kelinning ishidan kamchiliklar topib, janjal chiqarib turgan va doimiy ravishda kelinga unda ko‘ngli yo‘qligini aytib kelgan. To‘ydan 7 kun o‘tib, kelin onasinikiga ketib qolgan. Kuyovning ota-onasi kelin tomon bilan gaplashganida kelin-kuyov bilan boshqa yashamasligini aytgan. Yarashtirish ish bermagach, kelin tomon sepni olib ketishga borganda kuyov tomon uni qaytarmagan.

Shundan so‘ng, kelin MIB orqali eridan 60 turga yaqin 47 mln so‘mlik mulkini qaytarib olgan.

“Kuyovning ota-onasi kelin hech bir sababsiz uyga ketib qolganini, to‘y uchun 15 ming dollar pul sarflab qo‘yganini va kelin tomon uni qoplab berishi kerakligini aytib sepini o‘z xohishlari bilan qaytarib bermagan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax va Xorazm viloyatlarida ham kelinlar o‘z sarpolarini erining uyidan MIB orqali qaytarib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona MIB kelin sep

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing