Koronavirus laboratoriyada ishlab chiqilgan – AQSH Kongressi

Olam

image

AQSH Kongressi koronavirusning laboratoriya orqali kelib chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda AQSHning qonun chiqaruvchi palatasi tomonidan hisobot e’lon qilindi.

Hisobotga ko‘ra, AQSH Kongressi a’zolari tomonidan ikki yillik tekshiruvlari natijasida koronavirus katta ehtimol bilan laboratoriyada ishlab chiqilgani va sizib chiqish oqibatida tarqalgani haqida xulosa qilingan. 

“COVID-19 virusi, ehtimol, Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada kelib chiqqan”, deyiladi hisobotda.

Qonun chiqaruvchilar o‘z pozitsiyalarini himoya qilish uchun beshta asosiy dalil keltirgan. Ular virusning tabiatda uchramagan biologik xususiyatlarga ega ekanini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Kongress a’zolari Uxanda SARS viruslarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi tadqiqot laboratoriyasi mavjudligini ta’kidlagan. Qonun chiqaruvchilarning fikricha, mazkur laboratoriya “biologik xavfsizlik darajasi yetarli bo‘lmagan” sharoitlarda tadqiqotlar o‘tkazish tarixiga ega.

Uxan virusologiya instituti tadqiqotchilari COVID-19’ni yovvoyi hayvonlar bozorida aniqlashdan bir necha oy oldin, 2019 yil kuzida aholi vakillari COVID’ga o‘xshash virus bilan kasallangani ma’lum bo‘lgan.

“Ilm-fanning barcha mezonlariga ko‘ra, agar virusning tabiiy kelib chiqishiga oid dalillar mavjud bo‘lganda, ular allaqachon topilgan bo‘lar edi”, deyilgan hisobotda.

Ma’lumot uchun, 2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTni mamlakatning markaziy qismidagi Uxan shahrida (Xubey provinsiyasi) noma’lum pnevmoniya epidemiyasi haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, birinchi holatlar mahalliy dengiz mahsulotlari bozori bilan bog‘liq bo‘lgan.

2020 yil yanvar oyi boshida Xitoyda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan virusli pnevmoniya epidemiyasining sababi koronavirusning yangi turi ekanligi rasman e’lon qilingan. 2020 yil 11 mart kuni JSST rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus yangi koronavirusning tarqalishi pandemiya ekanini aytgan.

Mohinur Karimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

koronavirus AQSh Kongressi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing