Ramzan Qodirovning 19 yoshli o‘g‘liga yana bir unvon berildi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li, respublika Sport vazirligini boshqarayotgan Ahmad Qodirovga “Grozniy shahrining faxriy fuqarosi” unvoni berildi. Bu haqda Checheniston milliy siyosat vaziri Ahmad Dudayev o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Dudayevning so‘zlariga ko‘ra, Ahmad Qodirov sportni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu unvonga sazovor bo‘lgan.

“Ahmad Ramzanovich qisqa vaqt ichida ajoyib natijalarga erishdi va sport siyosati sohasidagi faoliyatini samarali amalga oshirmoqda. U muvaffaqiyatli boshqaruvchi, o‘z jinsining munosib vakili”, degan u.

TASS xabariga ko‘ra, taqdirlash Respublika sport kurashi markazining ochilish marosimida bo‘lib o‘tgan. Shu yerda Checheniston rahbari respublika sport kurashlari federatsiyasi vakillari, tegishli idora xodimlari, murabbiylar va sportchilarga davlat mukofotlarini topshirgan.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Ahmad Qodirov 2024 yil may oyidan buyon Checheniston Sport vazirligini boshqarib kelmoqda. Bungacha u respublika rahbari maslahatchisi, Checheniston Sport vaziri o‘rinbosari va respublika Yoshlar ishlari vaziri lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, u “Ahmad” futbol klubini boshqaradi. Bir nechta idoraviy va mintaqaviy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda  Ramzan Qodirovning o‘g‘illari Ali, Ahmad va Adam Qodirov Checheniston parlamentidagi rag‘batlantirishning eng yuqori shakli – “Daymexkan Siy” (Vatan sharafi) ordeni bilan taqdirlangandi. Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning 17 yoshli o‘g‘li Adam Qodirov Ichki ishlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi kuratori etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Checheniston Ahmad Qodirov Grozniy shahrining faxriy fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing