15 yashar qiz 3 hafta ichagidagi igna bilan yashadi
Jamiyat
−
07:47 1898 1 daqiqa
Chechenistonda 15 yoshli qiz bilmasdan yutib yuborgan igna bilan uch hafta davomida yashadi. Bu haqda “Sapa Kavkaz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa o‘smir qiz ro‘molini uchida bezagi bo‘lgan igna bilan mustahkamlayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qiz zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilgan va ikki kundan keyin yot jism ichakda ekani aniqlangan.
Shifokorlar uni endoskopik usulda chiqarib olishni rejalashtirgan, ammo igna juda chuqur joylashgan. 20 kundan so‘ng u tabiiy yo‘l bilan chiqib ketgan.
“Bu juda kamdan-kam uchraydigan holat va katta omad”, deydi bemorning qarindoshi bo‘lgan shifokor-nefrolog Tamila Sitsiyeva.
Sitsiyeva ro‘mol o‘raydigan qizlarni ignani og‘iz yaqinida tutmaslikka chaqirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik buni avtomatik ravishda qiladi, ammo bitta qo‘pol harakat o‘tkir ignani yutib yuborishga olib kelishi mumkin, bu esa ichki a’zolarning shikastlanishi, jiddiy asoratlar va jarrohlik amaliyoti xavfini tug‘diradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 29 yoshli fuqaroning qorin bo‘shlig‘idan 200 gramm mix va “samorez” olib tashlangan edi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust