YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlandi – OAV
Olam
−
13 fevral 11726 2 daqiqa
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘g‘li va mintaqa Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov yanvar oyida Grozniyda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng talog‘idan ayrilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Novaya gazeta Yevropa” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 18 yoshli Adam Moskvadagi Botkinskaya shifoxonasida yarim yil davomida qat’iy parhezga rioya qilish tavsiyasini olgan. Shuningdek, unda jag‘ suyagida yoriq aniqlangani, shu sababli vaqtincha qattiq ovqat iste’mol qila olmagani aytiladi. Uch hafta ichida u ancha ozib ketgani ta’kidlanadi.
Manbaga ko‘ra, shifokorlar ko‘rish qobiliyati pasayganini ham aniqlagan. Oqibatlari hozircha noma’lum, yosh Qodirov bir ko‘zidan ko‘r bo‘lib qolish xavfi borligi bildirilgan.
Checheniston rasmiylari tomonidan bu ma’lumotlar hozircha tasdiqlanmagan.
Ramzan Qodirovning Telegram-kanalida 10 fevral kuni joylangan videoda kichik Qodirov “kechki ovqat” paytida xonaga kirib kelayotgani aks etgan. Kadrlarga qaraganda, u bir necha kilogramm vazn yo‘qotgan. Videoda u ovqat yemayotgani ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ayrim Checheniston Telegram-kanallarida respublika rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniyda yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinroq Ramzan o‘g‘li respublikaning kuch tuzilmalari rahbarlari bilan yig‘ilish o‘tkazgani haqidagi videoni e’lon qildi. Biroq, Adam Qodirov shundan buyon jamoatchilikka ko‘rinish bermadi.
Live
Barchasi