Ramos 18 yildan so‘ng sobiq klubiga qaytadi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Serxio Ramos Madridning “Sevilya” klubi bilan og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining X sahifasida ma’lum qildi. 

Manbaga ko‘ra, Ramos oradan 18 yil o‘tib, o‘zi tarbiyalangan “Sevilya” klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolagan, u jamoani 2005 yilda tark etgandi. 

“Sevilya” rahbariyati Ramos bilan himoyachi Saudiya arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan prinsipial kelishuvga erishganidan so‘ng bog‘langan va uni o‘zi tomonga og‘dirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi shu yilning yozida Fransiyaning PSJ klubidan ketganidan keyin erkin agent maqomida edi. Ramos  faoliyati davomida Madridning “Real” va “Sevilya” klublari sharafini ham himoya qilgan. Avvalroq himoyachiga Turkiyaning “Galatasaroy” va “Beshiktosh” jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos Sevil'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing