Yana bir top futbolchi Saudiya klubiga o‘tmoqda

Sport

image

“Real Madrid” va PSJ klublarining sobiq futbolchisi Serxio Ramos faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Soccer” xabar berdi

Qayd etilishicha, hozirda erkin agent bo‘lib turgan ispaniyalik 37 yoshli himoyachi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod“ klubiga o‘tish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.

“Endi klub futbolchi bilan shartnomaning rasmiy tafsilotlarini kelishib olsa bo‘lgani“, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Ramos so‘nggi ikki mavsumni PSJda o‘tkazdi. U faoliyati davomida “Real” va “Sevilya” kabi klublarda o‘ynagan. Ayniqsa Serxio “Real”dagi yorqin faoliyati bilan futbol ishqibozlariga yaxshi tanish. Himoyachi “qirollik klubi” safida ketma-ket uch marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Terma jamoa bilan ikki marta Yevropa chempionligini, 1 marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

O‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda futbolchi PSJ safida umumiy 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, himoyachi qiymati 4,5 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serxio Ramos Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, klub ispaniyalik forvardni jamoani tark etishga yaqin turgan Viktor Nelssonning o‘rniga olib kelish istagida bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos PSJ Al-Ittihod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing