Ramos faoliyatini Turkiya klubida davom ettiradi

Sport

image

Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos faoliyatini Turkiyaning “Galatasaroy” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Haber Global” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, erkin agent maqomida bo‘lib turgan 37 yoshli futbolchi istanbulliklar bilan shartnoma borasida kelishib olgan. “Galatasaroy” Ramosni jamoani tark etishga yaqin turgan Viktor Nelssonning o‘rnini bosadigan futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Ramos so‘nggi ikki mavsumni PSJda o‘tkazdi. U faoliyati davomida “Real” va “Sevilya” kabi klublarda o‘ynagan. Ayniqsa Serxio “Real”dagi yorqin faoliyati bilan futbol jamoatchiligiga yaxshi tanish. Ramos “qirollik klubi” safida ketma-ket uch marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Terma jamoa bilan ikki marta Yevropa chempionligini, 1 marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

O‘tgan mavsum futbolchi klub safida umumiy 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, himoyachi qiymati 4,5 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos Galatasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing