Serxio Ramos faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin
Sport
−
18:12 309 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasining sobiq himoyachisi, 40 yoshli Serxio Ramos Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Suporter Media” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Aston Villa” ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yakunlanish arafasida.
Ramosning so‘nggi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi bo‘lgan. Himoyachi o‘tgan, 2025 yil oxirida klubni tark etgan va shundan buyon rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan. Faoliyati davomida Ramos “Sevilya”, “Real Madrid” va PSJ klublarida ham to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, “Aston Villa” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Unay Emeri shogirdlari dastlabki to‘rt turdan so‘ng atigi bir ochko jamg‘argan va ayni paytda turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi