Ramos “Sevilya”ni sotib olishga yaqin turibdi – OAV
Sport
−
12 may 914 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos “Sevilya” klubi egasiga aylanishi mumkin. Bu haqda “Cope” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Real Madrid”ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos “Sevilya” klubi egasi bo‘lishga yaqin turibdi.
Ramos “Five Eleven Capital” investitsiya xoldingi bilan birgalikda klubning amaldagi aksiyadorlari bilan muzokaralar olib borgan. Tomonlar yaqin vaqt ichida rasman kelishuvga erishishi kutilmoqda. Ispaniya OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, bitim qiymati 450 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, Serxio Ramos “Sevilya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1996–2005 yillarda klub yoshlar tizimida o‘ynagan, shuningdek 2004–2005 va 2023–2024 yillarda asosiy jamoa safida maydonga tushgan. Hozirda “Sevilya” La Ligada mavsum tugashiga uch tur qolganida 13-o‘rinda bormoqda.
Serxio Ramos hozirda futbolchilik faoliyatini rasman yakunlagani yo‘q, biroq hozirda “Real Madrid”ning sobiq yulduzi jamoasiz hisoblanadi.