Vinisius öyinida nega pasayiş bölganini aytdi
Sport
−
17:43 406 2 daqiqa
“Real Madrid” hujumçisi Vinisius Junior joriy mavsumga tayyorgarlikni yetarliça jiddiy qabul qilmaganini tan oldi va öyini pasayişi sabablarini tuşuntirdi. Bu haqda u Braziliya terma jamoasining Singapurga qarşi örtoqlik uçraşuvi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.
Futbolçining aytişiça, Braziliya terma jamoasining 2026 yilgi Jahon çempionatidan muddatidan oldin çiqib ketişi unda katta umidsizlik uyğotgan. Keyingi ta’til vaqtida Vinisius odatdagi maşğulotlar sonini kamaytirib, köproq dam olişni va oilasi bilan vaqt ötkazişni ma’qul körgan.
“Ta’til davomida avvalgi yillarga qaraganda kamroq maşğulot ötkazdim. Balki bu mavsum boşidagi holatimga ta’sir qilgandir”, deydi hujumçi.
Şuningdek, “Real Madrid” bilan şartnomani uzaytiriş böyiça muzokaralar va boşqa klublarning unga qiziqişi ham qöşimça bosim yuzaga keltirgan. Braziliyalik futbolçi kelajagi bilan boğliq noaniqliklar ruhiy holatiga ta’sir qilganini aytgan.
Vinisius joriy mavsumda “Real Madrid” safida 12 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 1 gol va 3 ta golli uzatma muallifi böldi. Madridliklar boş murabbiyi Joze Mourino joriy mavsumda unga faqat uç ta uçraşuvni töliq ötkazişiga imkon bergan.
Futbolçi ötgan mavsumning birinçi yarmida ham gol urişda qiynalganini, biroq keyinçalik samaradorligini oşirib, 20 ta gollik natijadan yuqori körsatkiç qayd etganini eslatgan.
Vinisius hatto Kriştianu Ronaldu va Lionel Messi ham yillar davomida eng yuqori saviyada öynaşda qiyinçiliklarga duç kelganini ta’kidlagan.
Ma’lumot uçun, Braziliya terma jamoasi sönggi örtoqlik uçraşuvida Yaponiyaga qarşi maydonga tuşib, 2:3 hisobida mağlub böldi. Uşbu bahsda Vinisius dublni rasmiylaştirdi.
Live
Barchasi