Ramos endi raqibini urib ham kartochka olmaydigan kasb topdi
Sport
−
31 yanvar 12280 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq sardori Serxio Ramos bloger va kikbokschi Endryu Teyt bilan boks jangida ishtirok etadi. Bu haqda “Moslee” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi va Endryu Teyt o‘rtasidagi jang Misfits Boxing tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 22 avgust kuni Qatar poytaxti Dohadagi “Lusail” stadionida bo‘lib o‘tadi. Jang 88,5 kg vazn toifasida o‘tkaziladi va uch daqiqalik oltita raunddan iborat bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Ramos hozirda klubsiz. Uning so‘nggi klubi Meksikaning “Monterrey” jamoasi bo‘lib, u 2025 yil oxirida shartnoma tugagach klubni tark etgan edi. Ramos 2005-2021 yillarda “Real Madrid” sharafini himoya qilgan va klub bilan beshta Ispaniya chempionligi hamda to‘rtta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. 2021-2023 yillarda esa u “Pari Sen-Jermen” safida o‘ynab, ikki marta mamlakat chempioni bo‘lgan.
Shuningdek, Ramos Ispaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon chempionati va ikki Yevropa chempionligini (2008 va 2012) qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serxio Ramos o‘zining bolalikdagi klubi “Sevilya”ni sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishgan edi.
Live
Barchasi