Safonov Özbekistonga qarşi öyin oldidan çemodanini yöqotib qöydi
Sport
−
09:40 854 2 daqiqa
Rossiya terma jamoasi va PSJ darvozaboni Matvey Safonovning çemodani Moskvaga uçib kelayotgan samolyotda yöqolib qoldi. Bu haqda futbolçi özining Telegram-kanalida xabar berdi.
“Yuklarimizdan biri yöqolib qoldi. Yaxşiyamki, bu mening butsalarim emas ekan. Heç bölmaganda, maşğulot ötkaziş uçun kerakli jihozlarimiz bor”, deydi Safonov maşğulot bazasiga yetib kelgaç.
Futbolçining aytişiça, yukning kelmagani haqida ular avvaldan xabardor bölgan. Şunga qaramay, aeroport xodimlari ulardan kutişni söraşgan. Keyin hujjatlar rasmiylaştirilgan va yukni uning nomiga rasmiylaştirgan şaxs olib ketişi mumkinligi ma’lum qilingan.
“Ular yukni ikki kun içida yetkazib berişlari mumkinligini aytişdi. Ammo men ertasi kuni Özbekistonga uçib ketaman, Marina (futbolçining rafiqasi) esa Krasnodarga yöl oladi. Uni kimga yuborişadi? Xullas, hammasi yaxşi boşlandi”, deya qöşimça qildi darvozabon.
Yiğin davomida Rossiya terma jamoasi ikkita örtoqlik uçraşuvida iştirok etadi. Joriy yilning 12 noyabr kuni Valeriy Karpin şogirdlari Toşkentda Özbekiston terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi. Bahs “Paxtakor” stadionida soat 20:00 da boşlanadi. Şundan söng Rossiyaliklar joriy yilning 17 noyabr kuni Krasnodarda Venesuela bilan kuç sinaşadi. Öşa kuni Özbekiston Dohada Saudiya Arabistoni bilan töqnaş keladi.
Live
Barchasi