Ramos PSJdan ketadi

Sport

image

Joriy mavsum oxirida shartnomasi o‘z nihoyasiga yetadigan ispaniyalik 37 yoshli futbolchi Serxio Ramos PSJdan ketadi. Bu haqda Fransiya klubining rasmiy sahifasi xabar berdi.

“Ramos – haqiqiy professional. U o‘zi bilan tajriba, intizom va raqobat ruxi olib keldi. Ramos klub sharafini munosib himoya qilganidan xursandmiz. Unga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz”, deyiladi klub bayonotida. 

Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Saudiya ligasi klublari erkin agentga aylanadigan Ramosga yaxshigina taklif bilan chiqqan. 

Serxio Ramos 2022/2023 yilgi mavsumda PSJ safida 57 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi. “Transfermarkt” uning narxini 6 million yevroga baholamoqda.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Serxio Ramos PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing