Ra’no Shodiyeva saratondan tuzalishda ko‘rsatgan yordami uchun Ortiqxo‘jayevga minnatdorlik bildirdi

Madaniyat-san’at

image

Jigar saratoniga chalinib, Turkiyaning Istanbul shahrida davolanib qaytgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva xastalikni yengib o‘tishda ko‘rsatgan yordami uchun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorlik bildirdi. U bu haqda o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan videosida so‘z ochgan. 

Ma’lumki, bundan bir necha kun avval Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxt hokimligida o‘tgan brifingda qatnashib, unda 3,5 yillik faoliyati davomida davlatning bir so‘miga xiyonat qilmagani, aksincha, odamlarga yordam berib kelayotgani, bu haqida esa hech qachon gapirmaganini aytgan edi

Aktrisa Ra’no Shodiyeva ushbu brifingni ko‘rgani va Ortiqxo‘jayevning yordamlari haqida gapirmay turolmasligini aytmoqda.

“Alloh menga bir sinov berdi va shu sinovdan chiroyli o‘tishga harakat qildim. Yaqinda Jahongir Obidovich brifing o‘tkazdilar va juda chiroyli gapni gapirdilar: savob qilsang, hech kimga gapirishing shart emas. To‘ppa-to‘g‘ri, o‘ng qo‘ling berganini, chap qo‘ling bilmasligi kerak deyishadi. Lekin men jim turolmadim. Chunki musofirchilikda mana shu dard bilan kurashdim. To‘g‘ri, yaqinlarim, qarindoshlar, kasbdoshlarim, juda ko‘pchilik meni yonimda bo‘ldi, yordam berdi. 

Birinchilardan bo‘lib Jahongir Obidovich turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qilib, hol-ahvolimni so‘rab, musofirlikda hech kimdan kam qilmasdan, hamma sharoitlarni yaratib berdilar. Buning uchun oilamiz nomidan mingdan-ming rahmatlarni aytmoqchiman. Bu haqda gapirish men uchun juda qiyin”, deydi Ra’no Shodiyeva.

Aktrisa so‘zida davom etarkan, Ortiqxo‘jayevning chet eldan kelayotgan fuqarolarga qanday yordam bergani, davolatilgan odamlarning ishini oxirigacha yetkazilishini nazorat qilib, yonida turib berganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini aytgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ra'no Shodieva

Baholaganlar

972

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made