Aktrisa Ra’no Shodiyeva yana bir operatsiyani boshdan kechirdi (video)
Madaniyat-san’at
−
05 aprel
28671O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, nogironligi bor shaxslar huquqlari faoli Ra’no Shodiyeva yana bir operatsiyani boshdan kechirdi. U bu haqda kecha, 4 aprel kuni o‘zining Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ra’no Shodiyevada juda kam uchraydigan jigar saratoni xastaligi aniqlangan. Shu paytgacha u davolanish muolajalarini qabul qilgan.
Aktrisa ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan storisida bundan bir necha kun avval yana Turkiyaga jo‘nab ketgani va jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini aytgan.
“Men haqimda qayg‘urganingiz uchun hammangizga minnatdorlik bildiraman. Muntazam kimyoviy terapiya olganim sabab port o‘rnatilgandi ( port tahr. venoz, arterial, peritoneal, orqa miya yoki plevra bo‘shlig‘iga uzoq muddatli kirishni ta’minlaydigan tibbiy asbobdir. Terapevtik va diagnostik maqsadlarda qon tomirlari va terini shikastlanishdan himoya qiladi). Tomirlarim chidamadi va uni olib tashladik. Menda hozir hammasi yaxshi. Alloh yordamida kasallikni yengib chiqdim”, degan aktrisa.
Ma’lumot uchun, Ra’no Shodiyeva 2022 yilning kuzida jigarida ilk jarrohlik amaliyotini o‘tkazgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi