Ra’no Shodiyeva og‘ir judolikka uchradi

Madaniyat-san’at

−

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyevaning onasi  Go‘zal aya vafot etdi. Bu haqda aktrisa o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Xabarlarga ko‘ra, Ra’no Shodiyevaning onasi bir muddatdan buyon saraton kasalligi bilan kurashib kelayotgan bo‘lgan.

Aktrisa avvalgi intervyularidan birida onasi kasallik sabab eshitish imkoniyatidan ayrilgani, uchinchi sinfgacha oddiy maktabda o‘qigani, keyinchalik esa kar-soqovlar maktabiga o‘tkazilganini aytgan. Onasi aynan shu maktabda aktrisaning otasi bilan tanishgan.

Ra’no Shodiyevaning so‘zlariga ko‘ra, onasi imkoniyati cheklangan bolalar madaniyat markazida ishlagan. Aynan onasi sababli aktrisa xayriya ishlariga kirib kelgan.

Aktrisaga ko‘ra, onasi sudlarda tarjimon sifatida ishlagan va qonunlarni yaxshi tushungan. Bir paytlar onasining faoliyati sabab oilasiga tahdidlar ham bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing