Putinning Ostonadagi rejalari e’lon qilindi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin shu hafta Ostona shahrida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash va MDH Davlat rahbarlari kengashi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 10 oktyabr kuni jurnalistlarga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Ha, Prezident shu hafta Ostonaga tashrif buyurishi rejalashtirilgan, bu haqiqatan ham shunday. Va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘ladi. Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash sammiti o‘tkaziladi va hokazo”, deydi u. 

Peskov, shuningdek, Putinning Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan Osiyoda hamkorlik va ishonch chora-tadbirlari bo‘yicha kengash doirasida uchrashish imkoniyatini ham inkor etmadi.  

“Ehtimol”, degan Kreml matbuot kotibi tegishli savolga javob berib.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Turkiya Prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi so‘nggi yuzma-yuz uchrashuv joriy yilning 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tkazilgan Shayxan hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida o‘tkazilgan edi. O‘shanda uchrashuv yopiq eshiklar ortida o‘tdi va 40 daqiqa davom etdi. Shunday keyin tomonlar ikki marta telefon orqali muloqot qildi. Telefon suhbatining so‘nggisi joriy yilning 7 oktyabr kuni amalga oshdi


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

663

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing