Putin “yarim rossiyalik”larni ham urushga safarbar qilmoqchi

Olam

image

Endilikda chet el fuqaroligi yoki chet elda yashash uchun ruxsatnomasiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolari mamlakat Qurolli Kuchlariga chaqirilishi mumkin.
Bu Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning bugun, 14 noyabr kuni e’lon qilingan harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi farmonidan kelib chiqadi.

Hujjatning yangi tahririga ko‘ra, muddatli harbiy xizmatni “[Rossiya Federatsiyasi] fuqarolari bo‘lgan askarlar, dengizchilar, serjantlar, brigadirlar, shu jumladan xorijiy davlat fuqaroligi (fuqaroligi) yoki yashash uchun ruxsatnomasi yoki fuqaroning chet davlat hududida doimiy yashash huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjati bo‘lganlar bajaradilar.

Ilgari faqat Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lgan shaxslar muddatli harbiy xizmatni o‘tashlari mumkin edi (chet elliklar shartnoma asosida askarlar, dengizchilar, serjantlar va brigadirlar safida xizmat qilish imkoniyatini saqlab qolishlari mumkin edi).

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Oradan bir oydan ko‘proq vaqt o‘tib, 28 oktyabr kuni RF Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda safarbarlik yakunlangani haqida Putinga hisobot berdi.

O‘z navbatida, Putin 4 noyabr kuni armiya safiga qo‘shilishni xohlovchi ko‘ngillilar oqimi kamaymayotgani sababli safarbar qilinganlar soni allaqachon 318 ming kishiga yetganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

357

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing