Putin O‘zbekiston va Qozog‘istonga gaz berish haqida o‘z fikrini bildirdi (video)

Olam

image

Rossiya oktyabr oyidan O‘zbekiston va Qozog‘istonga gaz yetkazib berishni boshlaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro muhokama klubi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“Do‘stlarimiz o‘sib borayotgan talab va iqtisodiy o‘sishini inobatga olib, oldimizga ushbu masalani qo‘yishdi. Bu borada birgalikda ishladik, texnik jihatdan bu allaqachon amalga oshirilgan”, dedi RF rahbari Vladimir Putin.

Rossiya prezidentining ma’lum qilishicha, joriy yilning oktyabrida O‘zbekiston va Qozog‘istonga gaz yetkazib berish to‘liq boshlanadi. Bu ko‘rsatkich yiliga 3 mlrd. kub metrni tashkil etadi va bu boshlanishi.

“Bu kichik hajm, ammo bu Qozog‘iston iqtisodiyoti uchun ham, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham juda muhim. Keyin buni ko‘paytirishimiz mumkin”, dedi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi infratuzilma 1 oktyabrdan boshlab Rossiyadan tabiiy gaz importi uchun tayyor holga keltirilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz Qozog'iston O'zbekiston Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing