Putin tug‘ilgan kunini do‘stlari va yaqinlari davrasida nishonlaganini aytdi

Olam

image
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitiga start berildi (video) north_east

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitiga start berildi (video)

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 71 yoshini an’anaviy tarzda do‘stlari va yaqinlari davrasida nishonladi. Bu haqda u Xitoy Media korporatsiyasiga bergan intervyusida gapirdi.

“Do‘stlar va yaqinlar bilan. Hammasi yaxshi”, degan Putin tug‘ilgan kunini qanday o‘tkazganligi haqidagi savolga javoban.

Putin an’anaga ko‘ra o‘z tug‘ilgan kunini do‘stlari va yaqinlari davrasida nishonlaydi. 

“Rasmiy mavqeidan qat’i nazar har bir inson uchun “shaxsiy” yilni shunday boshlash eng to‘g‘ri yo‘l. Bu voqeaning ahamiyatini bo‘rttirib ko‘rsatish esa beadablikdir. Bugun mening tug‘ilgan kunim – milliy bayram emas”, degan Putin avvalgi intervyulardan birida. 

Shuningdek, Putindan hozir ham sport bilan shug‘ullanishi va bunga vaqt topa olishi haqida so‘ralgan.  

“Ha. Menimcha, birinchi navbatda intensiv ishlay olish uchun buni qilish kerak. Trening o‘z-o‘zidan maqsad emas. Bu muhim, chinakam muhim maqsadlarga erishish vositasidir, bu intensiv, kerakli natijalarga erishish imkonini beradigan rejimda ishlash imkoniyatidir”, degan Rossiya Prezidenti.

Ma’lumot uchun, Rossiya Prezidenti 7 oktyabr kuni 71 yoshga to‘ldi. O‘sha kuni davlat rahbarining ish tadbirlari bo‘ldi – u Qozog‘iston va O‘zbekiston Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Novo-Ogarevodagi qarorgohida Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlash marosimida ishtirok etdi. Keyinchalik Rossiya rahbari bu marosim uning tug‘ilgan kuni bo‘lgani uchun o‘tkazilmaganini ta’kidlagan. O‘shanda uning mehmonlari tushlikka qolgan va uchalasi birga o‘tirib, tug‘ilgan kunni nishonlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made