Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitiga start berildi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin hamda Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berish jarayoniga start berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston har yili Rossiyadan tijoriy shartnoma asosida 2,8 milliard kub metr gaz sotib oladigan bo‘ldi.

Avvalroq, Rossiya Prezidenti ushbu tranzit  butun mintaqaning energiya xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro manfaatli loyiha ekanligini ta’kidlagan edi.

Eslatib o‘tamiz, yoqilg‘i Rossiyadan O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali tranzit qilinadi. Shu bilan birga, uning bir qismi Qozog‘istonga yetkazib beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made