Putin Rahmon bilan gaplashdi

Olam

image

Kecha, 29 sentyabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda Tojikiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, xalqaro kun tartibidagi muhim jihatlar yuzasidan fikr almashgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama formatlarda yaqinlashib kelayotgan yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqqan.

Qayd etish joiz, Rossiya va Tojikiston yetakchilari oxirgi marta 18 avgust kuni telefon orqali muloqot qilgan edi. O‘sha suhbatda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan Alyaskada o‘tgan sammit natijalari va Vladimir Putinning Tojikistonga kutilayotgan tashrifi muhokama qilingan. Rossiya Prezidenti 9 oktyabr kuni Tojikistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Dushanbeda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishi o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Vladimir Putin Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing