Putin kelasi oyda Markaziy Osiyoga keladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yil 9 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga keladi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankin ma’lum qildi.

“Mamlakatlarimiz Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikka asos solib, bugungi og‘ir dunyoda do‘stlik qanday saqlanib qolishi va qanday saqlanishi kerakligini shaxsiy misolida ko‘rsatmoqda. Joriy yilning 9 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasiga keladi”, dedi oliy martabali diplomat Tojikiston elchixonasida Respublika Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan tantanali qabulda.

Pankin Putinning tashrifi ko‘p tomonlama aloqalar rivojiga yangi kuchli turtki berishi va ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning yangi vektorlarini topish imkonini berishiga ishonch bildirdi.

Qayd etish joiz, oktyabr oyida Dushanbeda “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 18 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashganda ushbu tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ham muhokama qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kecha, 8 sentyabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida  joriy yil oxirida Rossiya va O‘zbekistonga tashriflari bo‘lib o‘tishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing