Putin Polsha orqali Yevropaga gaz yetkazib bermoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin gazni Polsha orqali Yevropa davlatlariga yetkazib berishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 26 dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.  

Putinga ko‘ra, yangi yilga bir necha kun qolganida Ukraina orqali gaz tranziti bo‘yicha shartnoma tuzib bo‘lmaydi. Moskva istalgan kontragent bilan tuzilgan shartnoma asosida tranzitni davom ettirishga tayyor, biroq Kiyev buning iloji yo‘qligini bildirgan. Qolaversa, Putin Polsha orqali yetkazib berishga tayyorligini e’lon qilgan.

“Shartnoma yo‘q, uni uch-to‘rt kunda tuzib bo‘lmaydi. U bo‘lmaydi”, degan Putin.

Prezidentning ta’kidlashicha, Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berishdan hech qachon bosh tortmagan va har doim iqtisodiy masalalarni siyosatsizlashtirish tarafdori bo‘lgan.

“Polsha o‘z hududidan o‘tuvchi marshrutni yopib qo‘ydi – u yerda faol yo‘nalish bor, unga hech kim zarar yetkazgani yo‘q, portlashlar yo‘q, u ishlaydi, tugmani bosish kifoya. Unda hammasi Polsha hududi orqali o‘tadi. U Yamal-Yevropa deb ataladi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Polsha hududidan o‘tadi. Marhamat, ertaga ishga tushiring — biz yetkazib beramiz”, degan Rossiya yetakchisi.

Ma’lumot uchun, Ukraina hududi orqali tranzit tashish shartnomasi yil oxirida tugaydi. Ukraina uni uzaytirishni istamasligini bildirgan. Shundan so‘ng Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso Moskvaga borib, Kremlda Putin bilan uchrashdi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy esa Slovakiya Rossiya gazi uchun badalni suvereniteti bilan to‘lashini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil oxirida joriy etilgan embargo rejimiga qaramay Yevropa mamlakatlariga hali ham davom etayotgan Rossiya nefti oqimlari 19 dekabr kuni to‘xtatilgandi. “Transneft” oldindan ogohlantirmagan holda Rossiya konlaridan Vengriya, Slovakiya va Chexiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga ulanishni ta’minlovchi “Drujba” quvuri orqali neft uzatishni to‘xtatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing