Putin meni hurmat qilgani uchun butun Ukrainani egallamaydi – Tramp

Olam

image
Yevropa Myunxen kelishuvining takrorlanishidan ogohlantirmoqda north_east

Yevropa Myunxen kelishuvining takrorlanishidan ogohlantirmoqda

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Rossiya qo‘shinlarining davom etayotgan hujumlariga qaramay, Ukrainadagi urushni to‘xtatmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 29 aprel kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Menimcha, ha. Uning orzusi butun mamlakatni egallash edi. Menimcha, men tufayli u buni qilmaydi”, dedi u Putin tinchlikni xohlaydimi, degan savolga javoban.

Suhbat chog‘ida jurnalist Trampning Putinning Ukrainaga qilingan so‘nggi raketa hujumlari uchun hech qanday sabab yo‘qligi va u “urushni to‘xtatishni istamasligi” mumkinligi, shunchaki “Amerika Prezidentini burnidan yetaklab kelayotgani” haqidagi bayonotini eslatdi.

“Bu mumkin. Ha, mumkin. Albatta. Balki u meni biroz boshqarayotgandir. U urushni to‘xtatishni xohlaydi, deb aytardim. Agar men bo‘lmaganimda u butun mamlakatni o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘lardi, deb o‘ylayman, shaxsan... Menimcha, Putin butun Ukrainani qo‘lga kiritmoqchi edi”, dedi Tramp. 

Oq uy rahbari Rossiya prezidentiga ishonadimi, degan savolga to‘g‘ridan to‘g‘ri javob berishdan qochdi.

“Men sizga ishonmayman, men ko‘p odamlarga ishonmayman. Lekin menimcha, u, aytaylik, meni hurmat qiladi. Va men ishonamanki, men tufayli u butun Ukrainani egallab olmaydi – lekin uning qarori, tanlovi butun Ukrainani bosib olish edi”, dedi u.

Tramp Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganini, chunki Jo Bayden AQSH prezidenti bo‘lganini yana bir bor ta’kidladi.

“Menimcha, agar men saylovda g‘alaba qozonmaganimda, u butun Ukrainani qo‘lga kiritgan bo‘lardi. Va ishonamanki, men tufayli u jangni to‘xtatishga tayyor”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Donald Tramp “Time” jurnaliga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugaganidan keyin ham Qrim Rossiyaning nazorati ostida qolishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing