Putin Qrim ko‘prigini portlatilishiga Rossiya javob qaytarishini aytdi
Olam
−
18 iyul 2023
8436Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qrim ko‘prigini portlatilishi bo‘yicha Rossiya javob qaytarishini aytdi. Bu haqda u tegishli vazirlar va viloyatlar rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida gapirib o‘tdi.
"Albatta, Rossiyadan javob bo‘ladi. Mudofaa vazirligi tegishli takliflar tayyorlamoqda", deydi Putin.
Shuningdek, u ko‘prikda xavfsizlikni yaxshilash bo‘yicha takliflarni kutayotganini aytib, Federal xavfsizlik xizmati va Tergov qo‘mitasiga nima bo‘lganini batafsil bayon etishni topshirgan.
O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin Putinga ko‘prik ustunlari buzilmaganini, biroq avtomobil yo‘lining bir qismi vayron bo‘lganini hamda endi uni qayta tiklash mumkin emasligini aytgan.
Shu bilan birga, u kun oxirigacha ko‘prikda teskari harakat qayta tiklanishini ammo ko‘prikning bir tomonidagi to‘liq ikki tomonlama qatnov 15 sentyabrdan, ikkinchi tomondan esa noyabr oyidan yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 iyulga o‘tar kechasi Qrim ko‘prigida portlashlar sodir bo‘ldi. Hujum oqibatida Belgorod viloyatidan er-xotin vafot etib, ularning qizi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar olgan.
Shuningdek, Qrim va Kuban o‘rtasidagi parom qatnovi ishi to‘xtab qoldi. Shundan so‘ng Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullinga dron hujumidan so‘ng Qrim ko‘prigida ta’mirlash va tiklash ishlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mazkur portlash yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 205-moddasi (Terrorchilik harakati) bilan jinoyat ishi ochildi. Hujumda Ukraina razvedka xizmatlari ayblangan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15