Putin – qirol, Rossiya – monarxiya bo‘ladimi?
Olam
−
10 mart 2020
14963Rossiya Davlat Dumasi deputati Valentina Tereshkova Prezidentlik muddatining cheklanishni bekor qilish va amaldagi davlat rahbariga ushbu lavozimga qayta saylanishga ruxsat berishni taklif qildi. Bu haqda bugun, 10 mart kuni TASS axborot agentligi yozmoqda.
Deputat bunday konstitutsiyaviy normani mamlakat ichida ham, undan tashqarida ham "barqarorlik kafolati" deb atadi.
Davlat dumasidagi "Yedinaya Rossiya" fraksiyasi Tereshkovaning prezidentlik muddati bilan bog‘liq konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Shu bilan birga, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Konstitutsiyaga kelgusi saylovlarda qatnashishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlash mumkin deb hisoblaydi. Ammo Konstitutsiyaviy sud buni ko‘rib chiqishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada joriy yilning 22 aprel kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha butunrossiya referendumi o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi