Rossiyada Konstitutsiya bo‘yicha referendum sanasi belgilandi

Olam

image

Rossiyada joriy yilning 22 aprel kuni Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha butunrossiya referendumi o‘tkaziladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ovoz berish kuni 19 aprelda pravoslavlarning ro‘zasi tugashi va 24 aprelda musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining boshlanishini hisobga olgan holda belgilangan.

Shuningdek, 22 aprel dam olish kuni etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezident Vladimir Putin joriy yilning 15 yanvar kuni mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish taklifini bildirgandi. Oradan ko‘p o‘tmay Putin ilgari surgan takliflar bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi Dumaga kiritilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Konstitutsiya referendum

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing