Putin qamoqqa olinishi mumkinmi? JAR undan BRICS sammitiga kelmaslikni so‘radi
Olam
−
01 may 2023
12145Janubiy Afrika Respublikasi hukumati Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni bo‘lajak BRICS sammitida ishtirok etishdan bosh tortishga chaqirdi. Bu haqda “The Sunday Times” gazetasi xabar qildi.
Nashr manbalariga ko‘ra, Janubiy Afrika rasmiylari Kremlni Putinni videoaloqa orqali sammitda ishtirok etishga ko‘ndirmoqchi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti shaxsan Janubiy Afrikaga kelgan taqdirda, mamlakat rasmiylari Putinni hibsga olish to‘g‘risidagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan chiqarilgan orderni bajarishi kerak bo‘ladi.
“Bizda Putinni hibsga olmaslikning iloji yo‘q. Agar u kelsa, biz uni hibsga olishimiz kerak”, deydi tegishli manba.
Joriy yilning 25 aprel kuni Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa “xalqaro jinoyat sudining ayrim davlatlarga nisbatan adolatsiz munosabati” tufayli uning mamlakati Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasidan chiqishga qaror qilganini aytgandi.
27 aprel kuni esa Janubiy Afrika Prezidenti saytida mamlakat XJK yurisdiksiyasidan chiqmasligi haqida xabar paydo bo‘ldi. Bunga javoban Prezidentning avvalgi bayonoti xato izoh berilgan deyildi.
BRICS sammiti (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) avgust oyida Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi. Kreml XJS qarorini qonun nuqtai nazaridan ahamiyatsiz deb atadi va Rossiyada XJS prokurori va sudyalariga nisbatan ish ochildi. Shuningdek, Vengriya va Armanistonda ham Putin hibsga olinmasligi ma’lum qilindi.
LiveBarchasi