Putin Bayden uni nega haqorat qilganini aytdi

Olam

image
Agar Bayden AQSH saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya uchun yaxshi bo‘ladi – Putin north_east

Agar Bayden AQSH saylovlarida g‘alaba qozonsa, Rossiya uchun yaxshi bo‘ladi – Putin

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQSH yetakchisi Jo Baydenning uni “fohishaning o‘g‘li” deb atagan so‘zlariga munosabat bildirdi. Bu haqda u jurnalist Pavel Zarubinga bergan qisqa intervyusida so‘z ochdi.

Putinning aytishicha, Jo Baydenning so‘zlari Rossiya Prezidenti avvalroq uni Moskva uchun AQSHning afzal ko‘rgan rahbari deb ataganiga “adekvat reaksiya”dir.

“Yaqinda siz va men gaplashdik va mendan Amerika Qo‘shma Shtatlarining bo‘lajak Prezidenti sifatida kim bizga ma’qulroq, deb so‘ragan edingiz. Men har qanday Prezident bilan hamkorlik qilishimizni aytdim, lekin biz uchun, Rossiya uchun Bayden afzalroq, deb ishonaman. Va uning aytganlariga asoslanib, men mutlaqo haqman, chunki bu men tomondan aytilgan gaplarga adekvat munosabatdir”, deydi Rossiya rahbari.

Putinning ta’kidlashicha, Bayden unga “Volodya, barakalla, rahmat, menga ko‘p yordam berding”, deb aytolmasdi. 

"Biz u yerda nima bo‘layotganini ichki siyosiy nuqtai nazardan tushunamiz va bu reaksiya mutlaqo adekvat, bu men haq bo‘lganimni anglatadi", deydi Rossiya Prezidenti.

Putinning qo‘shimcha qilishicha, uning Bayden va Tramp haqidagi so‘zlari birinchi navbatda amerikalik emas, balki rossiyalik auditoriya uchun mo‘ljallangan. 

"Siz rossiyalik jurnalistsiz, shuning uchun siz mendan biz uchun nima yaxshi ekanini so‘radingiz. O‘shanda aytganimdek, men hali ham shunday o‘ylayman va takrorlayman: Bayden", deya tabassum qildi Putin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden San-Fransiskodagi saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Rossiya rahbari Vladimir Putinni haqorat qilgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Bayden Putinni haqoratlash orqali o‘z mamlakatini sharmanda qilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Vladimir Putin Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made