Putin 2023 yilning geosiyosiy g‘olibidir – WSJ

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Amerikaning “The Wall Street Journal” nashri tomonidan yilning geosiyosiy g‘olibi deb topildi.

Nashrning qayd etishicha, Rossiya Prezidentining jahon miqyosidagi mavqeyi bir yil avvalgiga qaraganda beqiyos darajada oshgan.

“Kiyevning maqtangan qarshi hujumi to‘xtab qoldi, Rossiya iqtisodi G‘arb sanksiyalarini yengib o‘tdi, Yevropaning qat’iyati susayib, Amerika qo‘llab-quvvatlashi kamayib bormoqda. Bularning barchasi Putinning pozitsiyasini bir yil oldingiga qaraganda kuchliroq qiladi", deydi WSJ muharriri Jerard Beyker.

Shuningdek, 2023 yilgi g‘oliblar ro‘yxatiga yilning eng yaxshi biznesmeni deb topilgan Ilon Mask va AQSH iqtisodiyoti ham kiritilgan.

"Men bu bayonot bilan ko‘pchilikni g‘azablantiraman, ammo AQSH yil iqtisodiyoti bo‘ldi. Narxlar juda yuqori ekanini bilaman va bu aholining salbiy kayfiyatini tushuntiradi. Ammo 2023 yilda barcha jahon standartlari bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar hammadan oldinda bo‘lganini inkor etish qiyin. Agar bir yil oldin iqtisodiyot deyarli 2,5 foizga o‘sadi, ishsizlik 4 foizdan past bo‘ladi, inflyatsiya esa 3 foizdan sal ko‘proq bo‘ladi, deb aytganimda kulib qo‘ygan bo‘lardingiz. Ammo bu natijalar kelajakdagilar kontekstida hisobga olinishi kerak. Yana bir munozarali tanlov – bu Mask, u yilning biznes g‘olibi. Uning mashhur ijtimoiy tarmoqdagi tashabbusi unga juda qimmatga tushgan bo‘lishi mumkin, ammo uning asosiy biznesi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Va bu bilan u so‘z erkinligi nuqtayi nazaridan ikkiyuzlamachilik avj olgan davrda hamon kimdir samimiy fikr almashish uchun maydon yaratishga qodir ekanini ko‘rsatdi”, deb yozadi Jerard Beyker.

WSJ yil mag‘lublarini ham e’lon qilgan. Nashr versiyasiga ko‘ra, bular AQSHdan o‘tib keta olmagan Xitoy iqtisodiyoti va Walt Disney kompaniyasini qulashiga olib kelayotgan bosh direktor Bob Ayger.

Eslatib o‘tamiz, “Time” jurnali ham Vladimir Putinni “Yil odami” nomiga da’vogarlar ro‘yxatiga qo‘shgandi. Biroq amerikalik pop yulduzi Teylor Svift Putinni ortda qoldirib, “Yil odami” deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Putin Ilon Mask The Wall Street Journal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing