Prezident Trampga rahmat! – Tramp o‘ziga o‘zi minnatdorchilik bildirdi

Olam

image

Bugun, 2 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Vashington va Minneapolisda tartibsizliklar oldi olinganini ma’lum qilib, o‘ziga rahmat aytdi. Bu haqda Prezident Twitter'da post qoldirdi.

"Kecha Vashingtonda hech qanday muammo bo‘lmadi. Ko‘plar hibsga olindi. Barcha yaxshi ishladi. Og‘ir qurollangan harbiylar. Hukmronlik. Minneapolisda hamma narsa ajoyib (Prezident Trampga rahmat!)" , deb yozdi Tramp.

AQSHda afro-amerikalik Jorj Floydni Minneapolisdagi politsiya xodimi o‘ldirib qo‘yishi munosabati bilan mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Hozirda 40 ta shahar, shu jumladan poytaxt Vashingtonda komendantlik soati joriy qilingan.

O‘tgan hafta Floydning o‘limida ishtirok etgan politsiya xodimi Derek Chovin ishdan bo‘shatilgan va qotillikda ayblangan. Fojia yuz bergan joyda yana uch nafar politsiya xodimi ishdan chetlatilgan.

Tartibsizliklar Oq uy atrofida ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu vaqt davomida Prezident Tramp bunkerga olib tushildi. Shuningdek, namoyishlar Yevropagacha yetib bordi. Berlin va London aholisi ko‘chalarda o‘z noroziliklarini bildirishgan.

Avvalroq, Floyd o‘limining sababi ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Jorj Floyd tartibsizliklar

Baholaganlar

305

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing