Gruziya Bosh vaziri AQSHga borishdan voz kechdi
Olam
−
04 may
9144Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze AQSH tomonidan "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun tanqid qilingani uchun okean ortiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda mamlakat TIVning rasmiy saytida xabar berildi.
Qayd etilishicha, AQSH elchixonasi tomonidan Gruziya hukumatining yuqori martabali vakillari AQSHga taklif qilingani haqida bayonot e’lon qilingan. Lekin Gruziya ushbu taklifni rad etgan. Bunga AQSHning xalq talabiga zid tarzda Gruziya parlamentida “Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunning ma’qullanganini tanqid qilishi sabab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya parlamenti joriy yilning 17 aprel kuni "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgan edi. Shundan so‘ng mamlakat poytaxtida ommaviy mitinglar boshlandi, politsiya namoyishchilarni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar yordamida tarqatgan. Ko‘plab namoyishchilar hibsga olindi.
Shunga qaramay, Gruziyada noroziliklarga sabab bo‘lgan qonun ikkinchi o‘qishda ham ma’qullandi.
LiveBarchasi