AQSH poytaxtida tartibsizliklar sababli komendantlik soati joriy etildi
Olam
−
02 iyun 2020
5981Qora tanli Jorj Floyd politsiya tomonidan o‘ldirilishidan so‘ng kelib chiqqan tartibsizliklar tufayli AQSH poytaxti Vashington shahrida komendantlik soati joriy qilindi. Komendantlik soati 1 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 19:00 da boshlandi va ikki kun davomida amalda bo‘ladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Nyu-York meri Bill de Blazio ham shaharda komendantlik soati joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
"Biz ushbu imkoniyatni o‘rganib chiqishimiz kerak", deydi Nyu-York meri.
Blazio yaqin soatlarda ushbu variantni muhokama qilishini ta’kidladi.
Shu hafta oxirida AQSHdagi 40 ta shaharda norozilik namoyishlariga javoban komendantlik soatlari joriy etildi. Minneapolis, Atlanta, Los-Anjeles, Siyetl, Chikago, Filadelfiya, Pittsburg shular jumlasidandir
Ma’lumot uchun, afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limi butun mamlakat bo‘ylab tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Floyd 25 may kuni Minneapolisda politsiya xodimi tomonidan ushlandi. Hibsga olish paytida politsiyachi Floydning bo‘ynini tizzasi bilan bosib, bo‘g‘ib qo‘ydi. Keyinchalik Floyd reanimatsiyada vafot etdi va uning hibsga olinganligi haqidagi video Internetda tarqaldi. Shundan so‘ng, AQSHning ko‘plab shaharlarida tinch namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.
Tartibsizliklar Oq uygacha yetib keldi. AQSH Prezidenti Donald Tramp ushbu vaqtda bunkerga olindi. Shuningdek, namoyishlar Yevropaga ham yetib bordi. London va Berlin aholisi ko‘chalarda to‘planishdi. Ular hukumatdan politsiya huquqlarini cheklashni talab qilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15