Isroil AQSHga Rafahdan tinch aholini evakuatsiya qilish rejasini ma’lum qildi

Olam

image

Isroil AQSH hukumatini blokada ostidagi G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga quruqlikdan hujum qilganida falastinlik tinch aholini evakuatsiya qilish rejasi haqida xabardor qildi. Bu haqda manbalariga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

AQSH rasmiylariga ko‘ra, Rafahga quruqlikdan hujum sodir bo‘lgan taqdirda ko‘plab falastinlik tinch aholining hayoti xavf ostida qolishi haqidagi AQSH pozitsiyasi o‘zgarmagan.

Kecha, 3 may kuni AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashington Rafahga quruqlikdan qilingan hujumni qo‘llab-quvvatlamasligini, chunki ommaviy hujumlardan ko‘rilgan zararni qabul qilib bo‘lmasligini aytgan.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Per AQSH Isroilning Rafahdagi quruqlikdan hujumiga qarshi ekanini tasdiqladi.

“Hozircha Qo‘shma Shtatlar Tel-Aviv tomonidan bu yo‘nalishda hech qanday reja ko‘rmayapti”, degandi u.

AQSH Prezidenti Jo Bayden va G‘arb rasmiylarining Rafahga mumkin bo‘lgan quruqlik hujumi tinch aholining ko‘proq qurbon bo‘lishiga va gumanitar inqirozning kuchayishiga olib kelishi haqidagi ogohlantirishlariga qaramay, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu SAXAL “operatsiya”ni amalga oshirishini ma’lum qildi.

Amerika matbuoti Isroil bir hafta ichida Rafahga qarshi "keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiya"ni boshlashi mumkinligini yozdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing