Prezident farmonini bajarmagan Qonunchilik palatasi mas’ullari ogohlantirildi

Jamiyat

image

Kecha, 13 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Kengashida quyi palata yalpi majlislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilishini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, efirga uzatishni tashkil qilish uchun mas’ullar jamoatchilik e’tirozidan to‘g‘ri xulosa chiqarishi bo‘yicha ogohlantirilgan.

“Haftaning seshanba va chorshanba kunlari, mas’ul qo‘mitalar tomonidan qonunlarni yalpi majlisga olib chiqishga tayyor ekanliklaridan kelib chiqib Qonunchilik palatasining yalpi majlisi o‘tkazilishiga qaror qilindi.

Bugun soat 11:00 dan boshlab, navbatdagi yalpi majlis "O‘zbekiston" telekanali orqali efirga uzatiladi. Kun tartibiga byudjet, soliq ma’murchiligi va tashqi mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq muhim qonun loyihalarining muhokamalari kiritilgan”, deydi Qodirov.

Partiya yetakchisi yalpi majlisda keskin tortishuvlarni kam bo‘lishi, deputatlarni e’tiborsizligi yoki nofaol ekanligi emas, partiya fraksiya yig‘ilishlarini qizg‘in o‘tgani va deputatlar ko‘p savollariga javob olganini ko‘rsatishini ta’kidlagan.

Avvalroq Qonunchilik palatasi Prezidentning “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilanganidek, quyi palata majlislarini onlayn efirga uzatmayotgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Qonunchilik palatasi

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing