Prezident Administratsiyasidagi sho‘’ba mudiri vaqtincha SSVga ishga o‘tdi
Jamiyat
−
09 yanvar 2024
9205O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti sog‘liqni saqlashni rivojlantirish sho‘’basi mudiri Davron Sultonov zimmasiga Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasi yuklatildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Qayumovich Shodmonov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta’tiliga chiqqan. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga asosan uning vazifasini vaqtinchalik bajarish Davron Tohirovich Sultonov zimmasiga yuklatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 yanvar kuni sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov lavozimidan ozod qilingandi. Uning o‘rniga Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari Asilbek Xudayorov Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar



