Poytaxt ortidan Toshkent viloyatida ham karantin choralari kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati hududida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va xavfsizligini ta’minlash maqsadida viloyat mas’ullari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi Matbuot xizmatinining ma’lum qilishicha, tadbirda asosan aholi gavjum bo‘ladigan bozor va savdo markazlari, jamoat joylari va jamoat transportlarida ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va antiseptik vositalardan foydalanish holatlari yuzasidan viloyat hududida nazorat tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.

“Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari! Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, o‘zingiz va o‘zgalar sog‘lig‘ini asrash, viloyat hududida kasallik tarqalishini oldini olish uchun, belgilangan karantin qoidalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkentda karantin choralari kuchaytirilishi, poytaxt hokimligi va uning tizimidagi barcha tuzilmalarda turli yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi. Poytaxtning uch tumanidagi barcha maktablar onlayn ta’lim shakliga o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 1 apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtalishi mumkinligi xabar qilingan. To‘ylarni o‘tkazishda esa karantin qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat kuchatiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

608

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing