Postsovet makoni qiyin davrni boshdan kechirmoqda – Lukashenko

Olam

image

Ayni vaqtda postsovet makoni qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bosh kotibi Imangali Tasmagambetov bilan uchrashuvda so‘z ochgan. 

“Minskdagi harbiy-siyosiy tashkilot doirasidagi ushbu tadbir KXSHTga a’zo davlatlar mudofaasi va xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarimizni kuchaytirishga xizmat qiladi, deb umid qilaman”, degan u 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan KXSHT yig‘ilishiga ishora qilib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT mamlakatlari yig‘ilishi munosib o‘tishi kerak.  

Uning qo‘shimcha qilishicha, postsovet makonida hozir qiyin davr, u ba’zi ziddiyatli vaziyatlar, jumladan, tashkilot mas’uliyati sohasida ham xarakterlidir. 

“Biz postsovet hududida qiyin davrni boshdan kechirmoqdamiz”, deydi Lukashenko.

Lukashenko Markaziy Osiyoning janubida Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etish mumkin bo‘lgani, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qarama-qarshilik ham yakunlanganiga ijobiy baho bergan.

“Biz kelajak haqida – u yerda ikki davlat hayotini qanday tartibga solish haqida o‘ylashimiz kerak”, deydi Belarus fuqarosi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi muammolar ko‘p yillardan beri to‘planib kelmoqda, bular “uzoqdan beri davom etayotgan og‘riqli nuqtalar”. 

“Ammo bu borada ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu biz [KXSHTga] raislik qilganimiz uchun emas.  Ammo bu davrda yaxshi qadamlar tashlandi, shunday vaqt keldiki, harakat va postsovet hududida vaziyatni tinchlantirish tendensiyasi paydo bo‘ldi”, deydi Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoga telefon orqali 23 noyabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan KXSHT yig‘ilishida qatnashmasligini ma’lum qilgandi. Bundan xabar topgan Kreml Pashinyanning bu qaroridan afsusda ekanini bildirgan. Nikol Pashinyan esa KXSHT respublikadagi o‘z mas’uliyat zonasini belgilashdan bosh tortayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko KXShT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing