Postsovet davlatlari suverenitetini shubha ostiga qo‘ygan Xitoy elchisi ishdan chetlatiladimi?

Olam

image

Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay sobiq Sovet respublikalari haqidagi bayonotidan so‘ng Yevropa Ittifoqi va ko‘plab boshqa mintaqalarda norozilik to‘lqiniga sabab bo‘lgandi. Shundan so‘ng elchi bilan bog‘liq turli  mish-mishlar, xususan, u 15 may kuni Pekinga chaqirib olinishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin esa bu haqiqatdan yiroq ekanini ma’lum qildi.

“Siz yolg‘on ma’lumotni aytib o‘tdingiz”, degan Van Venbin brifingda Lu Shay 15 may kuni chaqirib olinishini tasdiqlashni so‘ragan jurnalistning savoliga javob berar ekan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay LCI kanaliga bergan intervyusida Qrim tarixan Rossiyaga tegishli bo‘lgani va keyinchalik Xrushchyov uni Ukrainaga berib yuborganini, shuningdek, postsovet respublikalarining mustaqilligi uchun asos “ishonchli emasligi”, boisi buni tasdiqlovchi “hech qanday xalqaro shartnoma mavjud emasligini” ta’kidlab, diplomatik mojaroga sabab bo‘lgandi. Diplomat, shuning uchun, Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga ham chaqirildi.

Yevroparlament deputatlarining 80 nafardan iborat guruhi esa Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonnaga xitoylik diplomatni persona non grata deb e’lon qilish iltimosi bilan maktub yo‘lladi.

O‘zbekistondagi “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, O‘zbekiston Oliy Majlisi deputati Bobur Bekmurodov esa SSSRdan mustaqilikka erish O‘zbekistonning suvereniteti jahonning 150 dan ortiq davlati tan olgani, jumladan, Xitoy bilan 1991 yilning 27 dekabrida o‘zaro diplomatik aloqalar o‘rnatilganini ta’kidladi

Keyinroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning elchining gaplariga izoh berib, mamlakat sobiq sovet davlatlarining suverenitetini hurmat qilishini, biroq Qrimga nisbatan pozitsiya o‘zgarmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Lu Shay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing