Xitoy elchisi diplomatik mojaro boshladi

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasining Fransiyadagi elchisi Lu Shay kecha, 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan telemuloqot chog‘ida Qrimni Ukrainaning yeri deb tan olishdan bosh tortdi. Bundan tashqari, u postsovet davlatlari, jumladan, O‘zbekistonning ham suverenitetini kuchli huquqiy asosga ega emasligini aytdi. Bu  haqda LCI telekanali xabar berdi.

"Ushbu sobiq SSSR davlatlari xalqaro huquqda haqiqiy maqomga ega emas, chunki ularning suveren maqomini amalga oshirish bo‘yicha xalqaro shartnoma yo‘q", degan Xitoy elchisi.

Fransiya, Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlari (Latviya, Litva, Estoniya) elchining bu gaplarini keskin tanqid qilib, o‘z noroziligini bildirgan.

Xususan, Fransiya Xitoyni Lu Shayning izohlariga aniqlik kiritishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Lu Shay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing