“Bu elchining shaxsiy fikri, Xitoyniki emas”. Xitoyning elchixonasi Lu Shayning so‘zlarini ortiqcha talqin qilmaslikka chaqirdi

Olam

image

Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shayning fransuz televideniyesi orqali aytgan so‘zlari uning shaxsiy fikri bo‘lib, siyosiy bayonot emas. Bu haqda Xitoyning Fransiyadagi elchixonasi bugun, 24 aprel kuni e’lon qilgan bayonotda aytiladi.

“Elchi Lu Shayning Ukraina masalasi bo‘yicha so‘zlari siyosiy bayonot emas, balki teledebat paytidagi shaxsiy qarashlarning ifodasi edi. Ular ortiqcha talqin qilinmasligi kerak. Xitoyning tegishli masalalar bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmadi. Ukraina masalasi bo‘yicha XXR pozitsiyasi doimiy va aniq, Xitoy Ukraina inqirozining siyosiy yechimiga hissa qo‘shish uchun xalqaro hamjamiyat bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor”, deyiladi elchixona bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Fransiyadagi elchisi Lu Shay Qrimning maqomi haqida fikr bildirar ekan, u aslida Rossiyaniki ekanini aytgandi. Shuningdek, elchi “sobiq SSSR mamlakatlari xalqaro huquqqa muvofiq haqiqiy maqomga ega emas, chunki ularning suveren davlat sifatidagi maqomini belgilovchi xalqaro shartnoma yo‘q”, deb ta’kidlagan. Shundan so‘ng, Litva, Latviya va Estoniya Xitoyning o‘z mamlakatlaridagi diplomatik vakillarini bu bo‘yicha tushuntirish berish uchun Tashqi ishlar vazirligiga chaqirishga qaror qildi. Bunday shov-shuvlvrdan so‘ng Xitoy Tashqi ishlar vazirligida brifing o‘tkazilib, Xitoyning Qrim bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmagani va u barcha mamlakatlar suverenitetini hurmat qilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy elchi Lu Shay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing