“Politico”: Bayden-Putin sammiti sabab AQSH gipertovushli qurol sinovini kechiktirgan
Olam
−
29 Oktabr 2021
3846AQSH va Rossiya Prezidentlari Jo Bayden hamda Vladimir Putinning joriy yilning iyun oyida o‘tkazilgan sammiti arafasida Amerika gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazishi kerak bo‘lgan. Biroq, Oq uy Moskvani bezovta qilmaslik uchun ushbu sinovni kechiktirgan. Bu haqda Pentagon va Kongressdagi uchta manbaga tayanib “Politico” nashri xabar bergan.
“Prezident Jo Bayden iyun oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishidan bir hafta oldin Oq uy Pentagonga Moskva bilan ziddiyatni kuchaytirmaslik uchun uzoq vaqtdan beri rejalashtirilgan gipertovushli raketa sinovlarini kechiktirishni buyurgan”, deyilgan xabarda.
Shu bilan birga, Mudofaa vazirligining nomi oshkor etilmagan vakili Rossiya ham sammit oldidan ehtiyotkorlikni saqlaganini aytgan.
Sammit yakuniga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va AQSH strategik barqarorlik bo‘yicha muloqotni boshlashga kelishib olgan, ushbu mavzu bo‘yicha ekspertlar darajasida bir necha raund uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.
Avvalroq, Amerikaning B-1B Lancer strategik bombardimonchilari Qora va Boltiq dengizidagi Rossiya flotini yo‘q qilish uchun ishlatilishi mumkinligi haqida xabar berilgandik.
LiveBarchasi