Polsha Fransiyaning “yadroviy soyaboni” ostiga o‘tish bo‘yicha muzokaralarni boshladi

Olam

image

Polsha va Fransiya vakillari Parijda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning Yevropa “yadroviy soyaboni”ni yaratish tashabbusi doirasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazdi. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vazirligi o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Fransiya Prezidentining yevropalik hamkorlar bilan “kengaytirilgan tiyib turish” konsepsiyasi bo‘yicha strategik muloqotni boshlash taklifiga muvofiq, 2026 yil 10 iyul kuni Parijda Polsha va Fransiya yadroviy hamkorlik masalalari bo‘yicha rahbarlik guruhining dastlabki maslahatlashuvlarini o‘tkazdi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Varshava muhokamalar tafsilotlarini oshkor qilmagan, faqatgina “tomonlar Yevropadagi dolzarb xavfsizlik masalalariga e’tibor qaratganini” qayd etgan.

Qayd etish joiz, bungacha Makron Fransiyaning “kengaytirilgan tiyib turish” konsepsiyasiga o‘tish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Bu konsepsiya hamkorlar bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishni va Fransiya strategik kuchlari elementlarini boshqa Yevropa davlatlari hududida joylashtirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, Prezident mamlakat yadroviy arsenalini oshirish rejasini e’lon qildi. Bunda Parij bundan buyon jangovar kallaklarning aniq sonini oshkor qilmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb mamlakat hududiga yadroviy qurolni import qilishga ruxsat bergani haqida xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing