Pokistondagi portlash qurbonlari 17 kishiga yetdi. Bu teraktmi yoki baxtsiz hodisa?
Olam
−
26 aprel 2023
3008Pokistondagi Svat vodiysining shimoli-g‘arbida terrorizmga qarshi kurash bo‘limining o‘q-dorilar omborida ikkita portlash sodir bo‘lishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi. Shuningdek, 50 dan ziyod odam jarohatlangani ma’lum qilingan. Bu haqda “Al-jazeera” xabar berdi.
Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasining mintaqaviy rahbari Sohail Xolidning aytishicha, portlashlar xudkushlik yoki boshqa teraktga o‘xshamaydi.
Huquq-tartibot xodimlarining fikricha, portlash elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv natijasida sodir bo‘lgan. Kelib chiqqan yong‘in keyingi portlashlarga sabab bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida portlashlar vaqtida bino yonidan o‘tayotgan ayol va uning bolasi ham bor. Yaradorlarning ba’zilari og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Eslatib o‘tamiz, sodir bo‘lgan hodisada 8 politsiyachi halok bo‘lgani haqida dastlabki ma’lumotlar e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi