Pokistonda to‘yga ketayotgan avtobus daryoga tushib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
13 noyabr
2454Pokiston shimolidagi Hind daryosiga avtobus tushib ketishi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, odamlarni to‘yga olib ketayotgan avtobus Gilgit-Baltistonning Diamer okrugidagi daryoga tushib ketgan. Qidiruv davomida kelin tirik topilgan, u turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Boshqa yo‘lovchilarning shaxsi ham aniqlangan, cho‘kib ketganlar orasida ayollar bo‘lgan. Politsiya xodimi daryodan 16 ta jasad olib chiqilgani, qidiruv ishlari davom etayotganini aytgan.
Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan hududda avariyalar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Noqulay iqlim sharoiti, kesishgan hudud, egri-bugri yo‘llar, transport vositalarining tirbandligi va minimal yo‘l harakati qoidalari avariya xavfini oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, 25 avgust kuni Pokistonda ikkita avtobus jarlikka qulagandi. Birinchi baxtsiz hodisa Pokiston shimoli-sharqidagi Azad Pattan shahri yaqinida, ikkinchisi esa Balujistondagi Makran qirg‘oq shossesida sodir bo‘lgan. Birinchi hodisada 22 kishi, jumladan 15 erkak, 6 ayol va 1 bola, ikkinchisida esa 12 kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi