Piskent tumani hokimi o‘z xohishi bilan ishdan ketdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Piskent tumani to‘rtligi – tuman hokimi, prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ayni vaqtda o‘tayotgan Xalq deputatlari Piskent tumani kengashining navbatdagi sessiyasida Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda. 

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Kengash yig‘ilishida nutq so‘zlab, Piskent tumanida Makro iqtisodiy ko‘rsatkichlar, iqtisod va tadbirkorlik, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, qurilish – pudrat, ijro intizomi bo‘yicha ko‘plab muammolar yig‘ilib qolganini ta’kidlagan. 

Viloyat hokimiga ko‘ra, Piskent tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Ahmedov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilgan. 

Ma’lumot uchun, Shuhrat Ahmedov 2018 yildan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Piskent tumani Shuhrat Ahmedov

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing