Yana ikkita tuman hokimi yangi lavozimlarga tayinlandi
Jamiyat
−
18:45 2474 1 daqiqa
Nishon tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Botir Tog‘ayev va Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Shuhrat Ahmedov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligida yangi lavozimlarga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Botir Normahmadovich Tog‘ayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Tayinlovga qadar Botir To‘gayev Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Shuhrat Kurvondurdiyevich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Shuhrat Ahmedov Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li Xolxo‘jayev Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi. U 2022 yilning avgustidan joriy yilning oktyabriga qadar Chilonzor tumaniga hokimlik qilgan.
Live
Barchasi