Vazirlar Mahamasi mansabdori Qamashi tumaniga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2020
9034Bugun, 7 oktyabr kuni Xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tgani, unda Qamashi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sherali Sanayev Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Bugunning o‘zida Qamashi tumani hokimi lavozimiga ham tayinlov amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Qamashi tumani kengashining ham navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilib, Botir Normahmadovich Tog‘ayev Qamashi tumani hokimi etib tayinlangan.
Tog‘ayev 1976 yilda Kitob tumanida tug‘ilgan. U 2001-2015 yillar davomida viloyatning Shahrisabz, Kitob va Kasbi tumanlarida ham qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat olib borgan.
Bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelgan.
LiveBarchasi